AQSh Kolumbiyaning yangi prezidentini qo‘llab-quvvatlash uchun $1 mlrd ajratmoqchi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Kolumbiyaning yangi prezidenti Abelardo de la Espriella hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun xavfsizlik sohasidagi yordam paketi doirasida $1 mlrd ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh Davlat departamenti ma’lum qildi.
Mablag‘lar G‘arbiy yarimsharda uyushgan jinoyatchilik va narkotik savdosiga qarshi qo‘shma kurash, shuningdek, iqtisodiy loyihalar va savdo aloqalarini kengaytirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
De la Espriella 7 avgust kuni prezident lavozimiga kirishdi. U 21 iyundagi saylovlarning ikkinchi turida 49,66% ovoz olib, so‘l koalitsiya nomzodi Ivan Sepeduni ortda qoldirdi.
Saylov kampaniyasi davomida Tramp de la Espriellani qo‘llab-quvvatlagan. Kolumbiyaning yangi prezidenti Vashington bilan strategik hamkorlikni tiklash, jumladan, narkotik savdosiga qarshi kurash, razvedka ma’lumotlari almashinuvi, harbiy tayyorgarlik va qurolli kuchlarni jihozlash bo‘yicha hamkorlik tarafdori.

Powered by Froala Editor