AQSh mojarolarni hal etishda amalda BMT o‘rnini egalladi

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar bugun xalqaro mojarolarni hal etishda yetakchi rolni bajarmoqda, BMT esa yetarlicha faol emas.

AQSh mojarolarni hal etishda amalda BMT o‘rnini egalladi
AQSh prezidenti Donald Tramp xalqaro mojarolarni tartibga solish masalalarida Qo‘shma Shtatlar amalda Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rnini egallaganini ma’lum qildi. U bu haqda Truth Social platformasidagi postida yozdi.

Trampning ta’kidlashicha, AQSh so‘nggi oylar davomida bir qator mojarolarni hal etishda, jumladan Ukraina bilan bog‘liq vaziyatda muhim rol o‘ynagan. Shu bilan birga, u BMT bu jarayonlarda “deyarli hech qanday yordam ko‘rsatmaganini” bildirdi.

Misol sifatida Tramp yaqinda Tailand va Kambodja o‘rtasida AQSh, Xitoy va Malayziya vositachiligida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini keltirdi. Chegara hududidagi to‘qnashuvlar yozdagi sulhdan keyin dekabr oyida qayta boshlangan, biroq yangi kelishuv tez fursatda imzolangan.

Tramp BMTni global tinchlikni ta’minlash borasida yanada faol bo‘lishga va aniqroq choralar ko‘rishga chaqirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing