AQSh mudofaa vazirining impichment jarayoni boshlanishi mumkin
Siyosat
Lloyd Ostin o‘z qasamyodini buzgan va AQSh xalqi hayotini xavf ostiga qo‘ygan.
AQSh Vakillar palatasida respublikachi Mett Rozendeyl mudofaa vaziri Lloyd Ostinga nisbatan o'tgan hafta kasalxonaga yotqizilganligi haqida Oq uy va Kongressga xabar bermagani uchun impichment e'lon qilish rezolyutsiyasini kiritish rejasini e'lon qildi. Bu haqda “The Hill” nashri ma’lum qildi.
Rozendeyl 9-yanvar kuni Vakillar palatasining sessiyasida impichment rezolyutsiyasini taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Unga ko‘ra, Lloyd Ostin Vashingtondagi Uolter Rid nomidagi Milliy harbiy tibbiyot markazida bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmay, o‘z qasamyodini buzgan va AQSh xalqi hayotini xavf ostiga qo‘ygan.

Powered by Froala Editor