AQSh prezidentining maxsus vakili O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Sport
Ushbu tashrif Toshkentda nufuzli xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish hamda sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish bilan bog‘liq.
AQSh prezidenti maxsus vakili Paolo Zampollini rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, tashrif poytaxtda yirik xalqaro sport tadbirlarini o‘tkazish doirasida amalga oshirilmoqda hamda sport sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati kutib oldi. Tashrif davomida sport infratuzilmasini rivojlantirish va kelgusida yirik musobaqalarni o‘tkazish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor