AQSh Qrim ustidan Rossiya nazoratini tan olishi mumkin
Dunyo
Vashington Rossiya va Kiyev o‘rtasidagi kengroq tinchlik kelishuvi doirasida Rossiyaning anneksiya qilingan Ukrainadagi Qrim yarimoroli ustidan "nazoratini" tan olishga tayyor, deb yozmoqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimoroli ustidan Rossiyaning “nazoratini” tan olishga tayyor. Bu tan olish Moskva va Kiyev o‘rtasidagi kengroq tinchlik kelishuvi doirasida yuz berishi mumkin.
Qayd etilishicha bu borada hali yakuniy qaror qabul qilinmagan. Oq uy va Davlat departamenti jurnalistlarning izoh so‘rovlariga javob bermagan. Ukrainadagi tinchlik muzokaralari jarayonidan xabardor bo‘lgan AQSh rasmisi Bloomberg’ga Qrimning Rossiyaga tegishli deb tan olinishi ehtimoli borasida izoh berishdan bosh tortgan.
14-aprel kuni AQSh prezidenti maxsus vakili Stiven Uitkoff Fox News telekanaliga bergan intervyusida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada tinchlikka intilayotganini, biroq "bu mojarodagi eng katta muammo" — Kreml Rossiyaniki deb tan olinishini talab qilayotgan besh Ukraina hududi ekanini ta’kidladi. Ular orasida Qrim, Donetsk, Lugansk, Zaporijje va Xerson viloyatlari bor.
Ertasi kuni, 15-aprel kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Odessada NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Uitkoffning so‘zlariga quyidagicha izoh berdi: "Barcha hududlar Ukraina unitar davlati tarkibiga kiradi. Shu sababli… bizning davlatimiz hududi haqida faqat Ukraina xalqi gapira oladi."
18-aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina “juda yaqin orada” tinchlik shartnomasini imzolamasa, AQShning vositachilik sa’y-harakatlarini to‘xtatishini aytdi. Biroq Tramp bu borada aniq muddatni ko‘rsatmagan va AQSh vositachiligini to‘xtatishga ehtiyoj qolmaydi degan umidini bildirgan.

Powered by Froala Editor