AQSh Senati Ukraina va Isroilga yordam ko'rsatish to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi

Dunyo

AQSh Senati Ukraina, Isroil va Hind-Tinch okeani mintaqasidagi ittifoqchilarga qo'shimcha moliyaviy yordam ko'rsatish to'g'risidagi qonun loyihalarini ma'qulladi. Bu haqda “Interfaks” yig'ilish translyatsiyasiga tayanib xabar berdi.

AQSh Senati Ukraina va Isroilga yordam ko'rsatish to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi
Tashabbuslarni 79 senator qo‘llab-quvvatladi, 18 nafari qarshi chiqdi.

Ukrainaga yordam to'g'risidagi qonun loyihasi Kiyevga taxminan $61 milliard ajratishni nazarda tutadi. Hujjatga ko‘ra, Kiyevga yordam endi grant sifatida emas, balki kredit sifatida taqdim etiladi.

Taklif etilayotgan mablag'ning hammasi ham qurol-yarog' o'tkazish uchun sarflanmaydi. $20 milliarddan ortiq mablagʻ AQSh harbiy arsenallarini toʻldirishga sarflanadi. Mablag'larning yana bir qismi AQShning Ukraina yaqinidagi harbiy faoliyatini moliyalashtirishga sarflanadi. Taxminan $14 milliard Ukraina o'z qurollarini sotib olishi uchun sarflanadi.

Bundan tashqari, senatorlar Isroilga taxminan $26,4 milliard miqdorida qo‘shimcha harbiy yordam ajratish taklifini qo‘llab-quvvatladilar. Ajratilgan mablag‘ning $9,1 milliard insonparvarlik ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.

Hind-Tinch okeani mintaqasidagi AQSh ittifoqchilariga ham yordam ko'rsatiladi. Xususan, $8,1 milliard “Xitoyga qarshi kurash” uchun, yana $2 milliard esa Tayvan va boshqa ittifoqchilarni moliyalashtirish uchun ajratiladi.

Shuningdek, paketga Rossiya, Xitoy va Eronga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini, jumladan musodara qilingan Rossiya aktivlarini Kiyevga o‘tkazish va Xitoyning ByteDance xususiy kompaniyasiga tegishli TikTok ijtimoiy tarmog‘ini blokirovka qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ham bor.

Avvalroq qonun loyihalari AQSh Kongressi Vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan edi.

Endi hujjatlarni Amerika prezidenti Jo Bayden imzolashi kerak. Aprel oyida Bayden Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson tomonidan taqdim etilgan Ukraina, Isroil va Hind-Tinch okeani mintaqasidagi ittifoqchilarni moliyalashtirish bo'yicha qonun loyihalarini qo'llab-quvvatlagan va ularni imzolashga tayyorligini bildirgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing