AQSH senatori Lindsi Grem vafot etdi
Dunyo
AQSH siyosiy tizimi muhim arboblaridan birini yo‘qotdi: respublikachi senator Lindsi Grem 71 yoshida vafot etdi. Uning vafoti haqida senatorning rasmiy idorasi ma'lum qildi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, senator 11-iyul kuni qisqa davom etgan va kutilmagan xastalikdan so‘ng vafot etgan. Keyinchalik AQSH OAV dastlabki tibbiy xulosaga ko‘ra, o‘lim sababi aorta disseksiyasi bo‘lishi mumkinligini xabar qildi.
Lindsi Grem 2003-yildan buyon Janubiy Karolina shtatidan AQSH Senati a'zosi edi va Respublikachilar partiyasining eng nufuzli siyosatchilaridan biri hisoblangan. U milliy xavfsizlik va tashqi siyosat masalalarida faol ishlagan, Prezident Donald Trampning yaqin ittifoqchilaridan biri bo‘lgan hamda Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish tarafdori sifatida tanilgan.
Kongressdagi faoliyati davomida Grem xalqaro xavfsizlik va tashqi siyosatga oid qator muhim qonunchilik tashabbuslari muallifi bo‘ldi. Uning vafotidan so‘ng AQSHning har ikki siyosiy partiyasi vakillari hamdardlik bildirdi.

Powered by Froala Editor