AQSh, Tayvanda mojaro yuzaga kelishi mumkinligini inobatga olib, Filippinga yoqilg’i yubordi
Dunyo
“Manila Times” gazetasining yozishicha, Qo‘shma Shtatlar Tayvan hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaro holatlarini inobatga olib, Filippinga katta yoqilg'i zaxiralarini o‘tkazgan.
Avvalroq Tayvan rahbari Tsay Inven Xitoy Xalq Respublikasining orolda bo'lib o'tadigan prezidentlik va qonunchilik saylovlariga aralashishi mumkinligi haqida yangi ogohlantirish bergani ma'lum bo'ldi. Shuningdek, u Taypey va Pekin o'rtasidagi munosabatlar demokratiya va "Tayvan xalqining irodasi" bilan belgilanishi kerakligini ta'kidladi.
Powered by Froala Editor