AQSh Turkiyaga F-16 harbiy samolyotlarini sotishni ma’qulladi

Siyosat

Vashington bir necha oy davom etgan muzokaralar yakunida Turkiyaga F-16 jangovar samolyotlarini sotish bo'yicha 23 milliard dollarlik kelishuvni tasdiqladi.

AQSh Turkiyaga F-16 harbiy samolyotlarini sotishni ma’qulladi
Anqara Shvetsiyaning NATO a'zoligini ratifikatsiya qilganidan so'ng, AQSh Davlat departamenti Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini 23 milliard dollarga sotishni ma’qulladi. Bu haqda “DW” xabar berdi.

Davlat departamenti matbuot bayonotida aytilishicha, Turkiya 40 ta yangi F-16 samolyotlarini oladi.

AQSh qonunchiligining bir qismi sifatida Davlat departamenti Kongressni qurol-yarog' bitimi, shuningdek, Turkiyaning nizoli qoʻshnisi Gretsiyaga alohida 8,6 milliard dollarlik 40 ta F-35 samolyoti sotilgani haqida xabardor qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing