AQSh va Buyuk Britaniya husiy nishonlariga yangi zarbalar berdi

Dunyo

Amerika va Britaniya kuchlari Yaman g‘arbidagi isyonchi “Ansor Alloh” harakati (husiylar) nazorati ostidagi Hodeyda hududiga hujum qildi, deb xabar bermoqda “Al Mayadeen” telekanali.

AQSh va Buyuk Britaniya husiy nishonlariga yangi zarbalar berdi
Zarbalar Et-Tuheyt hududidagi husiy nishonlariga berilgan.

G‘azo sektoridagi vaziyat keskinlashganidan so‘ng, “Ansor Alloh” harakati Falastin anklavidagi operatsiya tugaguniga qadar Isroil hududiga hujum qilish va Qizil dengiz va Bob ul-Mandab boʻgʻozlarida u bilan bog‘liq kemalarni to‘sib qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qildi. O‘tgan yilning noyabr oyidan beri husiylar Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida ko‘plab tinch aholi kemalariga hujum qilgan.

“Ansor Alloh”ning harakatlariga javoban Amerika rasmiylari Qizil dengizda navigatsiya erkinligini va kemalarni himoya qilishni ta'minlash uchun xalqaro koalitsiya tuzish va "Prosperity Guardian" operatsiyasini tashkil etishni e'lon qildi. 12-yanvar kuni AQSh va Britaniya kuchlari turli texnikalardan foydalangan holda Yamanning bir qancha shaharlarida, jumladan Sana va Hodeydada husiy nishonlariga birinchi zarbalar berdi. Isyonchilarning raketalari, dronlari va radar stansiyalari joylashgan qismlar nishon sifatida tanlangan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing