AQSh va Buyuk Britaniya Yamandagi husiylarga hujum qilishni boshladi

Dunyo

Jo Bayden va Rishi Sunak Yamandagi nishonlarga berilgan zarbalarni Qizil dengizdagi xalqaro savdo kemalariga husiylarning hujumlariga javob deb atadi.

AQSh va Buyuk Britaniya Yamandagi husiylarga hujum qilishni boshladi
12-yanvar, jumaga o‘tar kechasi AQSh va Buyuk Britaniya qurolli kuchlari Yamandagi husiylar nishonlariga hujum qildi. AQSh prezidenti Jo Bayden va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bir vaqtning o'zida bu borada bayonot berdi.

AQSh Mudofaa vazirligining ta'kidlashicha, AQSh va hamkorlarining Yamandagi zarbalari nishonlari husiylarninh dronlari, ballistik va qanotli raketalar, qirg'oq radarlari va havo kuzatuv tizimlari bo'lgan. Zarbalar qiruvchi samolyotlar, kemalar va suv osti kemalaridan berilgan, deb yozadi Reuters manbalarga tayanib.

CNN maʼlumotlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar zarbalarni amalga oshirish uchun Tomahawk bombardimonchi samolyotlari va qanotli raketalardan foydalangan.

Britaniya Mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, husiylar Qizil dengiz ustidan qanotli raketalar va uchuvchisiz uchoqlarni uchirish uchun foydalangan Abbs aerodromiga zarba berilgan. Bundan tashqari, Bani shahrida razvedkachi dronlarni uchirish uchun foydalanilgan bir necha binolarga hujum qilingan.

Jo Bayden AQSHning Yamanga zarba berganligi haqida rasman e’lon qildi.

Unga ko‘ra, hujumni zarbalarda bevosita ishtirok etgan Buyuk Britaniya, Avstraliya, Bahrayn, Kanada va Niderlandiya ishtirokidagi koalitsiya qo‘llab-quvvatlagan.

"Bugun mening ko‘rsatmam bo‘yicha Amerika qo‘shinlari Buyuk Britaniya bilan birgalikda, shuningdek, Avstraliya, Bahrayn, Kanada va Niderlandiya ko‘magida dunyodagi eng muhim suv yo‘llarida navigatsiya erkinligiga tahdid solayotgan Yamandagi isyonchi husiylarning bir qator nishonlariga muvaffaqiyatli zarbalar berishdi", deyiladi Baydenning bayonotida.

Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni AQSH va Buyuk Britaniya harbiy samolyotlariga husiylarga zarba berish uchun havo hududidan foydalanishga ruxsat bergani aytilgandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing