AQSh Venesuela hududidagi nishonga ilk bor zarba berdi
Dunyo
Dekabr oyining boshida AQSh Venesuela sohilida joylashgan obyektga dron orqali zarba berdi. Bu AQSh tomonidan mamlakat ichidagi nishonga qilingan ilk hujum hisoblanadi.
CNN manbalariga ko‘ra, dekabr oyining boshida Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) Venesuela sohilidagi port infratuzilmasiga dron zarbasi bergan.
Manbalarning aytishicha, hujum nishoni AQSh hukumatiga ko‘ra Tren de Aragua jinoiy guruhi tomonidan giyohvand moddalarni saqlash va dengiz orqali jo‘natish uchun foydalanilgan uzoqdagi pristan bo‘lgan. Zarba vaqtida obyekt hududida odamlar bo‘lmagan, qurbonlar qayd etilmagan.
CNN suhbatdoshi operatsiya muvaffaqiyatli o‘tganini, pristan va u yerda turgan qayiqlar yo‘q qilinganini bildirdi. Shu bilan birga, u zarbani asosan ramziy deb atab, Venesuelada narkotrafik uchun foydalaniladigan bunday obyektlar juda ko‘pligini ta’kidladi.
Telekanal bu AQSh tomonidan Venesuela hududidagi nishonga qilingan ilk ma’lum hujum ekanini qayd etadi. Avvalroq zarbalar asosan ochiq dengizda amalga oshirilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp hujumni rasman tasdiqlamadi, biroq 26 dekabr kuni “kemalar chiqib ketadigan yirik obyekt yo‘q qilingani”ni aytdi. Ikki kundan so‘ng u zarba giyohvand moddalar yuklanadigan doklar hududiga berilganini ma’lum qildi.
CIA izoh berishdan bosh tortdi.
Donald Trampning Oq uyga qaytishi bilan AQSh va Venesuela o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi. AQSh ma’muriyati Nikolas Maduroni qonuniy prezident sifatida tan olmaydi va hukumatni narkotrafikka qarshi yetarli choralar ko‘rmaslikda ayblaydi. Kuzdan buyon AQSh dengizda giyohvand moddalar tashiyotgani aytilgan kemalarga zarbalar bermoqda. Ushbu amaliyotlar oqibatida kamida 95 kishi halok bo‘lgan.

Powered by Froala Editor