AQShda Temuriylar davriga oid noyob Qur’on qo‘lyozmasi topildi

Dunyo

AQShning eng yirik kutubxonalaridan birida Temuriylar davriga oid noyob Qur’on qo‘lyozmasi topildi. Ushbu ma’lumotni fransiyalik tadqiqotchi Karim Ifrak aniqlagan bo‘lib, u topilmani o‘rganish uchun o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlik qilishga tayyor.

AQShda Temuriylar davriga oid noyob Qur’on qo‘lyozmasi topildi
Fransiyalik professor Karim Ifrak O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi bilan onlayn muloqot chog‘ida shov-shuvli topilma haqida ma’lum qildi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning eng yirik kutubxonalaridan birida Temuriylar davrida yaratilgan Qur’onning yana bir qo‘lyozma nusxasi topilgan.

Tadqiqotchi noyob qo‘lyozmalar haqidagi ma’lumotlarni xalqaro forumlarda, jumladan, "Buyuk ajdodlar - Uchinchi Renessans poydevori" kongressida taqdim etgan. Endilikda u o‘zbek olimlari bilan hamkorlikni davom ettirib, qo‘lyozma va uning tarixiy qiymatini chuqurroq o‘rganish niyatida.

Bundan tashqari, Karim Ifrak bo‘lajak xalqaro ilmiy anjumanlarda yangi kashfiyotlarni taqdim etishga tayyor va tez orada nashr etiladigan "Islom payg‘ambari: buyuk G‘arb olimlarining besh asrlik fikrlari" kitobi ustida ishlayapti.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing