AQShda Isroil elchixonasining ikki xodimi o‘ldirildi

Isroil elchixonasining ikki xodimi 21 may kuni kechqurun Vashingtondagi Yahudiylar muzeyi binosida, FQB ofisidan bir necha qadam narida otib o‘ldirilgan. Hodisa keng shov-shuvga sabab bo‘ldi - rasmiylar buni antisemit terrorizmning ehtimoliy harakati sifatida baholamoqda.

AQShda Isroil elchixonasining ikki xodimi o‘ldirildi
Amerika OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli chikagolik Elias Rodriges qo‘lga olingan. Hibsga olish paytida u Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlarni baqirib aytgan.

Isroilning BMTdagi elchisi Denni Danon hujumni "semitlarga qarshi terrorchilikning jirkanch harakati" deb atadi va AQSH rasmiylari "qat’iy choralar ko‘rishiga" ishonch bildirdi. Fojia joyiga AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem va bosh prokurori Pem Bondi tashrif buyurgan. Jinoyat sabablari hali rasman oshkor etilmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing