Prezident Sloveniyaga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Sloveniya poytaxti - Lyublyanaga keldi.

Prezident Sloveniyaga keldi
Prezidentni samolyot zinasi oldida tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon kutib oldi. Yoje Puchnik nomidagi aeroportda ikki davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif doirasida Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, parlament va hukumat rahbariyati bilan uchrashadi. Asosiy tadbirlardan biri O‘zbekiston-Sloveniya biznes forumida ishtirok etish bo‘lib, unda tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, farmatsevtika, elektrotexnika, "yashil" energetika, qishloq xo‘jaligi va gumanitar sohalarda, shu jumladan mehnat migratsiyasida yangi istiqbollarni muhokama qiladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing