AQShda Zelenskiyga tanbeh berishdi: "Bizsiz siz bo‘lmasdingiz"
Dunyo
AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Vladimir Zelenskiyga keskin munosabat bildirib, Ukraina Amerikaning yordamisiz mavjud bo‘lmasligini aytdi.
Vensning aytishicha, agar Zelenskiy AQSH prezidenti Donald Trampdan norozi bo‘lsa, buni "Yevropa ommaviy axborot vositalari bo‘ylab sayohat uyushtirish" va Amerika rahbarini tanqid qilish o‘rniga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhokama qilishi kerak.
"AQSHning saxiyligisiz Ukraina mavjud bo‘la olmas edi. Rahmat aytsin!" - dedi Vens va Zelenskiy Vashington pozitsiyasidan omma oldida shikoyat qilmasdan, diplomatik kanallar orqali muzokaralar olib borishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina rahbarining Trampga qarshi ommaviy hujumlari Oq uy siyosatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, faqat Amerika rahbariyatini g‘azablantiradi. Vens, shuningdek, agar Zelenskiyga bunday yondashuvni maslahatchilari taklif qilayotgan bo‘lsa, ularni o‘zgartirishi kerakligini aytdi.

Powered by Froala Editor