Xitoylik olimlar yangi ko‘rshapalak koronavirusini aniqladi
Dunyo
Xitoylik tadqiqotchilar hayvondan odamga o‘tish xavfini tug‘diruvchi yangi ko‘rshapalak koronavirusini aniqladi. Ushbu virus Covid-19 kabi inson tanasidagi retseptorlarga bog‘lanish orqali yuqishi mumkin.
Tadqiqot Xitoyning Guanchjou laboratoriyasida mashhur virusolog Shi Chjenli boshchiligida o‘tkazildi. Shi Chjenli ayniqsa, Uxan Virusologiya Institutidagi ishlari bilan tanilgan. Ushbu institut Covid-19 virusi kelib chiqishi haqidagi tortishuvlarning markazida turadi. Ayrim nazariyalarga ko‘ra, virus shahardagi laboratoriyadan sizib chiqqan bo‘lishi mumkin. Ba‘zi tadqiqotlar virus dastlab laboratoriyada paydo bo‘lib, keyinchalik odamga oraliq hayvon orqali yuqgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Biroq olim Uxan laboratoriyasining pandemiyaga sababchi bo‘lganini qat‘iyan rad etgan.
Tadqiqotchilar aniqlagan yangi virus HKU5 koronavirusining yangi avlodi bo‘lib, u dastlab Gonkongda yapon pipistrelli yarasasida topilgan edi. Ushbu virus merbekovirus (Merbecovirus) subguruhiga mansub bo‘lib, bu guruhga Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS) keltirib chiqaruvchi virus ham kiradi.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, yangi virus inson tanasidagi angiotenzin o‘zgartiruvchi ferment (ACE2) bilan bog‘lana oladi. Bu ferment Sars-CoV-2 (Covid-19) virusi tomonidan inson hujayralarini yuqtirish uchun ishlatilgan asosiy retseptor hisoblanadi.
Yangi topilgan virusning tarqalish darajasi va odamlar uchun qanchalik xavfli ekani bo‘yicha qo‘shimcha tadqiqotlar davom etmoqda. Olimlar ushbu virusning kelib chiqishini batafsil o‘rganish va uning potentsial xavflarini oldindan baholash ustida ish olib bormoqda.

Powered by Froala Editor