O‘zbekistonliklar Turkiyada jinoiy sxemalarga aldanib qolayapti

O'zbekiston

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi ogohlantiradi: jinoiy guruhlar Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni noqonuniy faoliyatda ishtirok etish uchun katta miqdordagi pul va’da qilib aldab kelmoqda. Bunday takliflarga uchib, odamlar qamoqxonaga tushib qolishi mumkin.

O‘zbekistonliklar Turkiyada jinoiy sxemalarga aldanib qolayapti
Konsullik ma’lumotlariga ko‘ra, firibgarlar O‘zbekiston fuqarolariga migrantlarni Yevropa Ittifoqiga, xususan, Gretsiyaga noqonuniy o‘tkazishda vositachilik qilishni taklif qilgan. Turkiya hukumati bunday jinoyatlarga qarshi faol kurashib, bunga aloqador xorijliklar esa og‘ir jazoga, hatto uzoq muddatli qamoq jazosiga tortilyapti.

Fuqarolarga shubhali sxemalarga aralashmaslik va mamlakat qonunlariga rioya qilish qat’iy tavsiya etiladi. So‘nggi yillarda Yevropa davlatlari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni faollashtirdi, chegaralarda nazoratni kuchaytirdi va qoidabuzarlar uchun qattiqroq jazo choralarini joriy etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing