AQShning uchta shtatida kuchli tornadolar kuzatilmoqda

Dunyo

Amerikaning Nebraska, Ayova va Texas shtatlarida kuchli tornadolar yuz bermoqda, kamida uch kishi jarohatlangan. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

AQShning uchta shtatida kuchli tornadolar kuzatilmoqda
Qayd etilishicha, tornadolar juma kuni boshlangan va AQShning markaziy qismida kuchli yomg‘irlar fonida sodir bo‘lmoqda.

Telekanalning xabar berishicha, shiddatli bo'ronlar yakshanba kuniga qadar davom etishi kutilmoqda, biroq shanba eng xavfli kun bo'lishi mumkin, tornado xavfi Michigandan Texasgacha tarqaladi.

Qo'shma Shtatlardagi bo'ronlar va kuchli tornadolar fonida halokatli shamol va "beysbol o'lchamidagi" do'l ham kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 24-aprel kuni Tinch okeanidagi Panama qirg‘oqlarida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi. 20-aprel kuni Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi viloyatida vulqon otilishi haqida xabar berilgan edi. 18-aprel kuni seysmologlar Turkiya shimolidagi Tokat viloyatida zilzila qayd etdi. Zilzilalar magnitudasi 5,6 ni tashkil etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing