Arab Ligasi Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi genotsid da'vosini qo'llab-quvvatlaydi
Dunyo
11-yanvar kuni Gaagadagi Xalqaro sud Janubiy Afrika Respublikasining G‘azo sektoridagi genotsid bo‘yicha Isroilga qarshi da’vosini ko‘rib chiqishni boshladi.
Arab Davlatlari Ligasi Janubiy Afrikaning Isroilni G'azo sektorida "genotsid sodir etishda" ayblab, Xalqaro Sudga yuborgan da’vosini to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Bu haqda Arab Ligasi bosh kotibi Ahmad Abu al-G‘ayt bayonot berdi.
Tashkilot rahbari Janubiy Afrika hukumatiga "insoniy qadriyatlarni boshqa barcha narsalardan ustun qo'yadigan prinsipial pozitsiyasi" uchun minnatdorchilik bildirdi.
U Xalqaro sudning "Falastin qonini to'kish"ga chek qo'yadigan "adolatli va jasoratli" qaror qabul qilishiga umid bildirdi.
11-yanvar kuni Gaagadagi Xalqaro sud Janubiy Afrika Respublikasining G‘azo sektoridagi ehtimoliy genotsid bo‘yicha Isroilga qarshi da’vosini ko‘rib chiqishni boshladi.
2023-yil 29-dekabrda Janubiy Afrika Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiyani buzganligi uchun Isroilga qarshi Xalqaro sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.

Powered by Froala Editor