Armaniston TIV: Yerevan bir oy ichida Boku bilan tinchlik shartnomasini imzolashga tayyor
Siyosat
Yerevan bir oy ichida Armaniston va Ozarbayjon o'rtasidagi tinchlik bitimi ustida ishlashni yakunlab, uni imzolashga tayyor. Bu haqda Armaniston tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
“Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasidagi tinchlik kelishuvi imzolanish uchun yetarli darajada pishib yetdi va arman tomoni kelgusi bir oy ichida uni yakunlash va imzolash uchun konstruktiv va jadal ishlashga tayyorligini bildiradi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 10-may kuni Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov va Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Olmaota shahrida (Qozog‘iston) uchrashib, ikki davlat o‘rtasida tinchlik shartnomasini tayyorlash masalasini muhokama qilgan edilar.

Powered by Froala Editor