Armaniston va Ozarbayjon tinchlik kelishuvi loyihasini kelishib oldi

Dunyo

Ikki yillik muzokaralardan so‘ng Boku va Yerevan tinchlik kelishuvi loyihasi ustidagi ishlarni yakunladi. Biroq uni imzolash muddati hali belgilanmagan.

Armaniston va Ozarbayjon tinchlik kelishuvi loyihasini kelishib oldi
Ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari hujjatning barcha bandlari kelishilganini rasman tasdiqladi. Armaniston TIV bayonotida aytilishicha, mamlakat Ozarbayjon bilan imzolash sanasi va joyini muhokama qilishga tayyor.

Ozarbayjon tashqi siyosat idorasi rahbari Jayxun Bayramovning aniqlik kiritishicha, Armaniston Bokuning so‘nggi ikkita bahsli masala bo‘yicha takliflarini qabul qilgan. Endi Ozarbayjon Armaniston konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritilishini kutayapti, u yerda, uning so‘zlariga ko‘ra, hali ham hududiy da’volar bor.

Hujjatni kelishish jarayoni 2023-yilning kuzidan beri davom etdi, o‘shanda Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy operatsiyadan so‘ng mintaqa to‘liq Ozarbayjon nazoratiga o‘tdi. Fevral oyi oxirida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan tomonlar 17 banddan 15 tasini kelishib olgani, biroq uchinchi davlatlar qo‘shinlarini joylashtirish va nizolarni xalqaro sudlarda ko‘rib chiqish bo‘yicha kelisha olmaganini ma’lum qilgandi.

Endi so‘nggi masalani hal qilish qoldi - ikki davlat rahbarlari tarixiy shartnomani qachon va qayerda imzolaydilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing