Artikul Kabelda Mis sanoatini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

O'zbekiston

2025-yil 30-yanvar kuni Artikul Kabel korxonasida "Mis xomashyosidan yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish hamda uni chuqur qayta ishlash" mavzusida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir mis sanoatini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun muhim platformaga aylandi.

Artikul Kabelda Mis sanoatini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – J.A. Xodjaev, iqtisodiyot va moliya vazirligi, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari, shuningdek, elektrotexnika sanoatining yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida ishtirokchilar mis sanoatining jadal rivojlanishi uchun innovatsion yechimlarni taklif qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Shu bilan birga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali sanoatning eksport salohiyatini oshirish yo‘nalishlari ham muhokama qilindi.

Artikul Kabel korxonasi ushbu jarayonda muhim o‘rin tutib, o‘zining ilg‘or loyihalarini taqdim etdi va sanoat vakillari bilan istiqbolli rejalarni belgilab oldi. Mazkur korxona mis sanoati va elektrotexnika tarmog‘ida yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasida faoliyat olib borayotgan yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing