AVO bank noto’g’ri reklama tarqatgani uchun jarimaga tortildi

O'zbekiston

Bank har bir yangi mijoz uchun 250 000 so‘m hisob raqamiga o’tkazib berishini va’da qilib reklamalar joylashtirgan. Raqobat qo’mitasi pul mablagʼlarini mijozlarning hisob-raqamlariga toʼgʼridan-toʼgʼri oʼtkazib berishning imkoni mavjud emasligini aniqlagan.

AVO bank noto’g’ri reklama tarqatgani uchun jarimaga tortildi
Raqobat qoʼmitasi AVO Bank (raqamli bank) koʼrsatayotgan xizmatlari haqida notoʼgʼri reklama tarqatayotganligi bo’yicyha kelib tushgan murojaat asosida o’rganish ishlarini olib borgan. Bu haqda qo’mita rasmiy sahifasida xabar berildi.

Olib borilgan o’rganishlarda AVO Bank rasmiy veb-saytida “AVO Oʼzbekistondagi eng qulay mobil bank” mazmunidagi reklama joylashtirilgani, shuningdek, bank tomonidan har bir yangi mijoz uchun 1 bonus bali 1 soʼmga teng boʼlgan bonus ballari taqdim etilishi, mijozning oʼz xohishiga koʼra ushbu bonuslarni pul mablagʼlariga almashtirishi yoki bankning koʼrsatgan xizmatlari uchun toʼlov sifatida ishlatishi mumkinligi aytilgan.

Shu sababdan reklama axborotlarida “Har bir yangi mijoz uchun 250 000 so‘m oling”, “Har bir taklif qilingan shaxs uchun 50 000 so‘m”, “Hisob raqamiga 250 000 so‘m oling” mazmunidagi iboralardan foydalanilgani, biroq, AVO Bank ushbu pul mablagʼlarini mijozlarning hisob-raqamlariga toʼgʼridan-toʼgʼri oʼtkazib berish imkoni mavjud emasligi ma’lum bo’lgan.

Shu bilan birgalikda, AVO Bank АJ tomonidan koʼrsatilayotgan xizmatlar toʼgʼrisida ommaviy axborot vositalari va tashqi reklama vositalarida tarqatilgan reklama axborotlari qoʼshimcha ravishda oʼrganilganda bir qator kamchiliklar yuzaga chiqqan. Jumladan, reklama sifatida joylashtirilgan ma’lumotlar noto’g’ri bo’lib chiqqan.

Shulardan kelib chiqib, AVO Bankka nisbatan reklama va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi natijasida belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʼllash yuzasidan qaror qabul qilingan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing