Avstraliya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Siyosat

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Avstraliya elchisi etib tayinlangan Jon Giringni (qarorgohi Moskva shahrida) qabul qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Avstraliya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
“Avstraliyaning O‘zbekistondagi Elchisi Jon Giring janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik. Uchrashuvimiz kun tartibi oʻzaro savdoni kengaytirish, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini izlash hamda ayrim mintaqaviy va xalqaro masalalarni qamrab oldi”, — deb yozdi Saidov oʻzining Telegram-kanalida.

Eslatib oʻtamiz, 2020-2024-yillarda Avstraliyaning O'zbekistondagi elchisi lavozimida Greym Mixan faoliyat yuritgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing