Axborot nazorati "O‘zkomnazorat"ga o‘tkazildi: AOKA faoliyati tugatildi
O'zbekiston
2025-yil 14-iyulda O‘zbekiston Prezidentining "Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish to‘g‘risida"gi farmoni (PF-111-son) imzolandi. Hujjat doirasida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tugatilib, uning funksiyalari boshqa tuzilmalar o‘rtasida qayta taqsimlandi.
Farmon bo‘yicha asosiy o‘zgarishlar:
Axborot sohasida nazorat va monitoring funksiyalari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi ("O‘zkomnazorat") ga o‘tkazildi.
Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Prezident Administratsiyasiga bo‘ysunadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ham Administratsiya bo‘ysunuviga o‘tadi.
Administratsiya matbuot xizmati negizida OAV uchun kontent tayyorlash markazi tashkil etilmoqda.
Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi Narkotik moddalar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi etib qayta tashkil etildi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Boshqaruv samaradorligi agentligiga aylantirildi.
2025 yil 1 sentyabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, bir-birini takrorlovchi funksiyalarni qisqartirish, shaffoflikni kuchaytirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda hokimliklar vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan normativ-huquqiy baza bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi.

Powered by Froala Editor