"Ayaks" mutaxassislari o‘zbekistonlik futbolchilarni tayyorlaydi
O'zbekiston
Namanganlik «Navbahor» futbol akademiyasi endilikda dunyoga mashhur Niderlandiyaning «Ayaks» klubi mutaxassislari boshqaruvida faoliyat yuritadi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi. Yaqin kunlarda Uzbеkistonga «Ayaks»ning 11 nafar mutaxassisi – skautlar, metodistlar va murabbiylar keladi.
«Ayaks» akademiyasi dunyodagi eng kuchlilaridan biri hisoblanadi. Aynan shu tizimda Mattys de Lixt, Frenki de Yong, Donni van de Bek, Hakim Ziyesh kabi futbolchilar yetishib chiqqan va Yevropaning yirik klublarida o‘ynagan.
Endi esa bu tajriba O‘zbekistonda qo‘llanilib, yangi iste’dodli futbolchilar avlodi tarbiyalanadi.

Powered by Froala Editor