BAA O‘zbekistonda shamol va quyosh elektr stansiyalari qurilishiga investitsiya kiritmoqchi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston va BAA Buxoro, Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda energetika sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldi.
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) "AMEA Power" kompaniyasi O‘zbekistonda shamol va quyosh elektr stansiyalari qurilishiga sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov "AMEA Power" kompaniyasi rahbari Husayn al-Novais bilan uchrashgan. Unda Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasida energetika sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Ma’lumot uchun, 2016-yilda tashkil etilgan "AMEA Power" qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish yo‘nalishida mintaqadagi tez rivojlanayotgan kompaniyalaridan biridir. U 20 ta mamlakatda umumiy quvvati 6 GVt dan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirmoqda.

Powered by Froala Editor