Banklarning kredit portfeli 500,6 trillion so‘mga yetdi

Iqtisodiyot

Markaziy bankning 1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston banklarining kredit portfeli 500,6 trillion so‘mni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich iyul oyida 6,7 trillion so‘mga, yil boshidan beri esa 29,2 trillion so‘mga ko‘paygan bo‘lib, yillik o‘sish darajasi 6,2 foizni tashkil etmoqda.

Banklarning kredit portfeli 500,6 trillion so‘mga yetdi
Kredit portfelining o‘sishi asosan davlat banklarida kuzatilgan bo‘lib, bu o‘sish 2,8 trillion so‘mni tashkil qilgan. Boshqa tijorat banklarida esa ushbu ko‘rsatkich 3,9 trillion so‘mga yetgan. Bu o‘z navbatida, banklarning umumiy moliyaviy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, kredit portfelidagi muammoli kreditlarning qoldig‘i 20,8 trillion so‘mni yoki 4,2 foizni tashkil qilmoqda. Iyun oyida muammoli kreditlar qisqargan bo‘lsa-da, iyul oyida ularning miqdori yana 820 milliard so‘mga oshgan.

Muammoli kreditlar miqdorining oshishi asosan Ipoteka-bank (652 milliard so‘m) va O‘zmilliybank (545 milliard so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing