Bashar Asad Suriyada sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi
Dunyo
Suriyaning sobiq prezidenti Bashar al-Asad Suriya sudi tomonidan sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi. Davlat axborot agentligi SANA xabariga ko‘ra, sud uni insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybdor deb topgan.
Hukm 11-avgust kuni chiqarilgan. SANA ma’lumotlariga ko‘ra, ish fuqarolar urushi davrida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha sobiq davlat rahbariyati vakillariga nisbatan olib borilayotgan jinoiy ta’qib doirasida ko‘rilmoqda. Avvalroq sobiq prezidentning ukasi Maher al-Asad va amakivachchasi Atef Najib ham ushbu ish doirasida sudga tortilgan edi.
Suriya hukumati 2024-yil dekabrida sobiq rejim ag‘darilganidan keyin uning yuqori martabali vakillariga nisbatan sud jarayonlarini boshladi. 2026-yil aprel oyida Damashqda Bashar al-Asad va Maher al-Asad ustidan sirtdan sud jarayonlari boshlandi. Atef Najib esa sudda shaxsan ishtirok etmoqda.
Bashar al-Asad 2024-yil dekabrida qurolli muxolifat Damashqni egallaganidan so‘ng Suriyani tark etgan va Rossiyaga ketgan. Hokimiyat almashganidan keyin mamlakatni o‘tish davrida Ahmad ash-Shara boshqarmoqda.
Suriya sud organlari tomonidan ilgari e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq rahbariyat vakillariga qo‘yilgan ayblovlar qatoriga qotillik, qiynoqlar, noqonuniy hibsga olishlar va fuqarolar urushi davridagi boshqa og‘ir jinoyatlar kiradi.

Powered by Froala Editor