Baxromjon Gaziev Xalqaro ot sporti federatsiyasining muhim qo‘mitasiga a’zo etib tayinlandi
Sport
O‘zbekiston otchilik va ot sporti federatsiyasi raisi Baxromjon Gaziev Xalqaro ot sporti federatsiyasining (FEI) muhim tuzilmasi — FEI Solidarity Group qo‘mitasiga a’zo etib tayinlandi.
2025-yil 4–7-noyabr kunlari Gonkongda bo‘lib o‘tgan FEI Bosh assambleyasida O‘zbekiston otchilik va ot sporti federatsiyasi (HEFU) raisi, Yevroosiyo ot sporti assotsiatsiyasi (EEA) hamda Osiyo ot sporti federatsiyasi (AEF) vitse-prezidenti Baxromjon Gaziev FEI Solidarity Group qo‘mitasi tarkibiga kiritildi.
Gaziev 11 ta mamlakatni birlashtirgan Yevroosiyo ot sporti assotsiatsiyasidan vakil sifatida tayinlandi va bu lavozimda Qirg‘iziston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Sadir Mamytovni almashtirdi.
Assambleyada 134 ta mamlakatdan delegatlar ishtirok etdi. Tadbir davomida O‘zbekiston 2027-yil FEI Bosh assambleyasini Toshkentda o‘tkazish uchun rasmiy ariza topshirdi. Xalqaro mutaxassislarning fikricha, mamlakatning bu tashabbusi yuqori ehtimol bilan ma’qullanadi.
FEI Solidarity dasturi 2011–2012-yillarda Olympic Solidarity loyihasi asosida tashkil etilgan. Uning maqsadi — a’zo mamlakatlarda ot sportini rivojlantirish, texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatish, murabbiylar hamda hakamlarni tayyorlash, yoshlar va inklyuziv dasturlarni qo‘llab-quvvatlashdir. Qo‘mita FEI’ning to‘qqizta mintaqaviy guruhidagi strategik tashabbuslarni muvofiqlashtiradi.

Powered by Froala Editor