Bayden ma'muriyati Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish to'g'risidagi qonunni qo'llab-quvvatladi
Siyosat
AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Rossiyaning G'arbda muzlatilgan 300 milliard dollarga yaqin aktivlarini musodara qilishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini qo'llab-quvvatladi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi Milliy xavfsizlik kengashi hujjatiga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mablag'lar Ukrainani qayta tiklashga yo'naltirilishi rejalashtirilgan. AQSh Milliy Xavfsizlik Kengashi tomonidan Senatning Tashqi aloqalar qo'mitasiga yuborilgan hujjatda ma'muriyat Rossiya aktivlarini musodara qilishga ruxsat beruvchi qonunchilikni printsipial jihatdan olqishlamoqda.
Qonun loyihasi AQShning tegishli ijroiya agentligiga Rossiya suveren aktivlarini Ukraina manfaati uchun musodara qilishga zarur vakolatlarni beradi.
Qonun loyihasi AQShning tegishli ijroiya agentligiga Rossiya suveren aktivlarini Ukraina manfaati uchun musodara qilishga zarur vakolatlarni beradi.
Powered by Froala Editor