Bayden va Tramp barcha praymerizlarda g‘alaba qozonishdi

Siyosat

Qo'shma Shtatlarda 5-mart kuni o'tkazilgan deyarli barcha praymeriz va kokuslarda sobiq va amaldagi prezidentlar Donald Tramp va Jo Bayden g'alaba qozonishdi. Tramp faqat Vermontda, Bayden esa Amerika Samoasida yutqazdi.

Bayden va Tramp barcha praymerizlarda g‘alaba qozonishdi
Tramp 14 shtatda, jumladan Kaliforniya, Texas va Alyaskada o‘tkazilgan partiyalararo saylovlarda g‘alaba qozondi va raqibi Nikki Xeylini mag‘lub etdi.

Ikkinchi muddatga nomzod bo'lgan Jo Bayden, Amerika Samoasidan tashqari, barcha praymerizlarda g'alaba qozondi va u yerda unchalik taniqli bo'lmagan nomzod, tadbirkor Jeyson Palmerga yutqazdi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovlari 2024-yil 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing