BBC O‘zbekistonning yovvoyi tabiatini suratga olishga kirishdi
O'zbekiston
O‘zbekistonning betakror tabiati va noyob qush turlarini butun dunyoga tanitish maqsadida BBC telekanalining suratga olish guruhi hozirda mamlakatda bo‘lib turibdi. Ular Navoiy viloyatida O‘zbekistonning yovvoyi tabiatiga bag‘ishlangan maxsus filmni suratga olishmoqda. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sahifasida xabar berdi.
Ushbu hujjatli film O‘zbekiston hukumati tomonidan noyob qush turlarini asrab-avaylash va ularni kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida hikoya qiladi. Bu — BBC jamoasining mamlakatimizga ikkinchi tashrifi bo‘lib, ilk bor ular 2024-yil aprel oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi diplomatik vakolatxonalar bilan hamkorlikda xorijiy OAV vakillarini O‘zbekistonga muntazam taklif etib kelmoqda. Bu tashabbus doirasida xorijlik jurnalistlar mamlakatimizning boy tabiati, qadimiy tarixi, betakror madaniyati hamda iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi salohiyatini o‘rganish va yoritish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
2024-yil davomida Tashqi ishlar vazirligi huzurida qariyb ikki ming nafar xorijiy jurnalist akkreditatsiyadan o‘tkazilgan. Ular tomonidan tayyorlanayotgan reportaj va ko‘rsatuvlar O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Mazkur tashrif va suratga olish ishlari esa O‘zbekistonning tabiiy boyliklarini butun dunyo e’tiboriga havola qilishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor