Belarus prezidenti O‘zbekiston elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi

Siyosat

Minskda Aleksandr Lukashenkoga ishonch yorliqlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Belarus prezidenti O‘zbekiston elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi
Belarus prezidenti 15-fevral kuni sakkizta xorijiy davlat, jumladan, O‘zbekiston elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Marosimda O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Rahmatulla Nazarov ishonch yorliqlarini topshirdi.

Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi strategik hamkor sifatida ko‘rib, Belarus uchun O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqalar muhimligini ta’kidladi. U Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul va amaliy muloqot uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu yangi loyihalarni amalga oshirish va mintaqaviy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Prezident Belarus bilan yaqindan tanish, mamlakatda ishlash tajribasiga ega elchi oliy saviyada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda faol ishtirok etishiga, o‘z bilim va tajribasini ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida safarbar etishiga ishonch bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing