Prezident mahallalarni bandlik va tadbirkorlik markaziga aylantirishni topshirdi
O'zbekiston
Bandlikni oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va mahallalarning ijtimoiy masalalarni hal etishdagi rolini kuchaytirish Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishning asosiy mavzusi bo‘ldi. Davlat rahbari aholini qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari va «mahalla yettiligi» faoliyatini isloh qilish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi.
Yig‘ilishda ayrim hududlarda kam ta’minlangan oilalarning loyihalardagi ishtiroki juda past ekani, 32 ta mahallada esa 960 ga yaqin ehtiyojmand oiladan birorta ham fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanmagani qayd etildi. Shuningdek, 883 ta mahallada banklar yangi loyihalarni yo‘lga qo‘ymagani tanqid qilindi.
Shu sabab yil boshidan buyon 152 nafar rahbar lavozimidan ozod etildi, yana qariyb 700 nafarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi. Prezident mahalla haqiqiy «ishonch, qo‘llab-quvvatlash va imkoniyatlar markazi»ga aylanishi lozimligini ta’kidladi.
Yangi tizimga ko‘ra, mahalla raisi har bir oilaning ehtiyojini aniqlab, bankir bilan birgalikda tadbirkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek, xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalarini auksion orqali ajratish tashabbusi ham mahalla raislariga beriladi.
Har bir «mahalla yettiligi»ning ijtimoiy loyihalari uchun 10 mln so‘mlik grant ajratiladi. Umuman, bu maqsadlar uchun 240 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, Mahallalarni rivojlantirish milliy instituti tashkil etilib, metodik yordam va kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Banklar faoliyati ham yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Ikki hafta ichida 400 nafar yangi tuman bankiri tanlab olinadi, 1-avgustdan ular KPI asosida baholanadi. Oilaviy biznes loyihalari uchun qo‘shimcha 2 trln so‘m imtiyozli mablag‘ ajratilib, og‘ir mahallalar uchun kredit stavkasi 12 foizgacha pasaytirildi. Davlat banklariga agrobiznes zanjirini 1000 ta mahallada joriy etish vazifasi yuklatildi.

Powered by Froala Editor