Bishkekda issiq suv va issiqlik ta’minoti uzildi

Dunyo

Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahri aholisi issiqlik markazida yuz bergan avariya tufayli issiq suv va issiqlik ta'minotisiz qoldi.

Bishkekda issiq suv va issiqlik ta’minoti uzildi
Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Joriy yilning 2-fevral kuni soat 3:00 da Bishkekdagi issiqlik markazida avariya yuz berdi, oqibatda uskuna ishdan chiqdi. Ayni damda barcha shaxsiy tarkib kuchlari halokatni bartaraf etishga jalb qilingan. Hodisa oqibatida uch nafar xodim tan jarohati oldi, ular shifoxonada”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Shahar aholisi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlangan. Shu bilan birga, issiqlik markazi va issiqlik tarmoqlari ishini ta'minlash maqsadida issiq suv va issiqlik ta'minoti to'xtatilgan.

“Bishkek shahridagi issiqlik markazidagi avariya oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish uchun tezkor shtab tuzildi. Fuqarolarning uylariga issiqlik ta'minotini tiklash bo'yicha ishlar olib borilmoqda”, deya ta'kidladi energetika vazirligi.

Ayni paytda Bishkekda havo harorati minus 3 darajani tashkil qilmoqda. Ko'p qavatli uylardagi batareyalar sovib ketgani aytilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing