Jahon chempionlariga Prezident sovg‘alari topshirildi

Sport

Boks, og‘ir atletika hamda kanoe va baydarka eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatlarida yutuqlarga erishgan sportchilar Prezident sovg‘alari — BYD avtomobillari va bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Jahon chempionlariga Prezident sovg‘alari topshirildi
Taqdirlash marosimida Prezidentning sport masalalari bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, sport vaziri Adham Ikramov hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ishtirok etdi. Ular sportchilar va murabbiylarni tabriklab, mamlakat sharafini yuksaltirgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Sportchilar va murabbiylar nomidan Rustam Nuruddinov, Abdumalik Xalokov, Tulkin Kilichev hamda Javohir Ummataliyevning otasi Turobjon Ummataliyev so‘zga chiqib, Prezidentga chuqur minnatdorlik izhor etdilar. Ular bu e’tibor kelgusidagi yangi g‘alabalarga katta turtki bo‘lishini ta’kidladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing