Bitkoin narxi 21 oylik rekordni qayd etdi

Dunyo

Bitkoin 8-yanvardan 9-yanvarga o‘tar kechasi 21 oylik eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi — u 47 000 dollardan oshdi.

Bitkoin narxi 21 oylik rekordni qayd etdi
8-yanvar kuni tushdan keyin Bitkoin 2022-yilning aprel oyidan beri ilk marta 47 000 dollardan oshdi, deb xabar beradi Bloomberg. Kapitallashuv bo‘yicha birinchi va eng yirik kriptovalyuta kun davomida 6,2 foizga o‘sib, har bir token uchun 47 007 dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil 15-noyabrdan beri bir savdo kunidagi eng katta o‘sishdir.

Bitkoin hisobiga kriptovalyutalarning 1,7 trillion dollarlik bozor kapitallashuvining yarmidan sal ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Token 2021-yil noyabr oyida rekord darajadagi 69 000 dollarga yetgan. CoinGecko ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilda Bitkoin narxi 176,9 foizga oshgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing