Biznes uchun yangi imkoniyat: universal QR-kod va soliq yuki kamayadi
O'zbekiston
Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi. Kichik biznes uchun soliq yengilliklari, universal QR-kod orqali hisob-kitob imkoniyati va yiliga 1 trillion so‘mgacha tejaladigan mablag‘ yaratiladi.
19-avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashib, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ma’lum qildi.
1-noyabrdan boshlab tadbirkorlar uchun barcha mobil to‘lov ilovalari orqali hisob-kitob qilish imkonini beradigan universal QR-kod joriy etiladi.
Shuningdek, kelasi yil 1-yanvardan boshlab yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan barcha tadbirkorlar uchun yagona soliq stavkasi aylanmadan 1% qilib belgilanadi.
Prezident misollar keltirdi:
aylanmasi 100 million so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor endi 12 million so‘m qat’iy soliq o‘rniga faqat 1 million so‘mgacha to‘laydi;
aylanmasi 100 mln – 1 mlrd so‘m bo‘lgan tadbirkor avval 30–40 mln so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, endi uning soliq yuki 3–4 barobar kamayadi.
“Umuman olganda, yaratilayotgan sharoitlar tufayli yakka tartibdagi tadbirkorlar qo‘lida yiliga 1 trillion so‘m qoladi. Bu kichik biznesni keyingi bosqichga olib chiqadigan ulkan imkoniyatdir”, — dedi Prezident.

Powered by Froala Editor