Bloomberg: YI davlatlari Afg'onistonda elchixonalarni qayta ochish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda

Dunyo

Bryussel rasmiylari Afgʻonistonda ayollar huquqlarini himoya qilish va mintaqada strategik mavjudlikni oʻrnatish uchun diplomatik vakolatxonalar ochish zarurligini tan ola boshlagan.

Bloomberg: YI davlatlari Afg'onistonda elchixonalarni qayta ochish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda
Bir qator Yevropa davlatlari Afg‘onistonda elchixonalarni qayta ochish va shu orqali "Tolibon" harakatini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozmoqda “Bloomberg” Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari rasmiylari va manbalariga tayanib.

Xususan, Italiya Afg‘onistonda o‘z elchixonasini qayta ochish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tajanining aytishicha, Italiyaning Qatardagi elchisi yaqinda Kobulga tashrif buyurgan.

Shuningdek, Fransiya, Britaniya va Germaniya rasmiylari agentlikka yaqin vaqt ichidda Kobulda o‘z vakolatxonalarini ochishni rejalashtirmaganini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Gʻarb davlatlari 2021-yilda AQSh qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqib ketib, Kobulni “Tolibon” egallab olganidan soʻng diplomatik vakolatxonalarini yopgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing