BMB HOLDING Milliy media assotsiatsiya bilan kuchlarni birlashtirmoqda
O'zbekiston
Yirik biznesning umummilliy media makoniga integratsiyalashuvi orqali O‘zbekistonda korporativ axborot sektorini keng ko‘lamli transformatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi strategik qadamni BMB HOLDING tashlab, uning Media markazi O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasiga rasman a’zo bo‘ldi. Tomonlar hamkorlik memorandumini imzolash orqali ushbu sheriklikni mustahkamladilar. Bu hujjat mamlakatdagi biznes-kommunikatsiyalar sifati va ochiqligini tubdan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Respublikaning yetakchi bosma, elektron va raqamli ommaviy axborot vositalarini hamda axborot xizmatlarini birlashtirgan Milliy media assotsiatsiya holding uchun ilg‘or mediatexnologiyalarni joriy etish platformasiga aylanadi. Assotsiatsiyaga a’zo bo‘lish BMB Media markaziga sohaning eng yaxshi tajribalarini o‘zlashtirish va kadrlar malakasini oshirish imkonini beradi. Shu vaqtga qadar markaz holdingning qishloq xo‘jaligi, logistika, investitsiyalar va sanoat sohalaridagi loyihalarini mustaqil ravishda professional darajada yoritib, raqamli platformalar uchun multimediya kontentini yaratib kelayotgan edi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, ushbu ittifoq ichki bozorda sifatli va ishonchli kontent ulushini oshiradi. BMB HOLDING uchun esa mazkur hamkorlik jamiyat oldida to‘liq ochiqlikni ta’minlash, ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish hamda auditoriya bilan samarali va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyani amalga oshirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor