BMT Bosh kotibi Qizil dengizda keskinlashuvning oldini olishga chaqirdi
Siyosat
Antoniu Guterrish, shuningdek, oʻz kemalarini hujumlardan himoya qiluvchi BMTga aʼzo barcha davlatlarni, rezolyutsiyada koʻrsatilganidek, xalqaro huquqqa rioya qilishga chorladi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish nomidan e’lon qilingan bayonotda Qizil dengiz hududida xalqaro kemalarga qilingan hujumlarga “qabul qilib bo‘lmaydigan” deya ta’rif berilgan.
Qayd etilishicha, u mojaroda ishtirok etayotgan barcha tomonlarni Qizil dengiz mintaqasida tinchlik va barqarorlik manfaatlari yo‘lida vaziyatni keskinlashtirmaslikka chaqirdi. BMT Bosh kotibi Yamandagi vaziyatni yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan qochish zarurligini ta’kidladi. U, shuningdek, Yamandagi mojaroni hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlar muvaffaqiyatli bo‘lib, mintaqada tinchlik o‘rnatilishiga umid bildirdi.
Bundan tashqari, Guterrish hujumlar global ta'minot zanjirlari xavfsizligiga tahdid solayotganini va butun dunyodagi iqtisodiy va gumanitar vaziyatga salbiy ta'sir ko'rsatayotganini ta'kidladi.

Powered by Froala Editor