BMT: Dunyoda odam savdosi qurbonlarining salkam 40 foizi bolalardir
Dunyo
Bolalar odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy tarmoqlar oldida tobora zaif bo‘lib bormoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda ular ushbu jinoyat qurbonlarining 38 foizini tashkil etadi va so‘nggi besh yil ichida ekspluatatsiyaga uchragan qizlar soni sezilarli darajada oshdi.
Bu haqda BMT Bosh kotibining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha maxsus vakili Najat Maalla Mjid BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 58-sessiyasida ma’lum qildi. Uning aytishicha, bolalar savdosi zo‘ravonlik va ekspluatatsiyaning boshqa shakllari, jumladan, jinsiy zo‘ravonlik, bolalar mehnati, majburiy tilanchilik va jinoiy faoliyatga jalb qilish bilan bog‘liq.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jinoyat o‘sishining asosiy sabablari qashshoqlik, ziddiyatlar, gumanitar inqirozlar va ijtimoiy tengsizlikdir. Zamonaviy raqamli texnologiyalar jinoyatchilarning bolalarga yaqinlashishini osonlashtiradi.
"Bolalar savdosi kam xarajatli, kam xavfli, ammo yiliga milliardlab dollarga yetadigan katta daromad keltiradi," dedi Mjid va sudlanganlar sonining kamligi bu jinoyatni deyarli jazosiz qoldirishini aytdi.
U ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilarning javobgarligini oshirish kabi shoshilinch choralarni ko‘rishga chaqirdi.

Powered by Froala Editor