BMT xavfsizlik kengashi Ramazon oyida G'azoda o't ochishni to'xtatishni talab qilmoqda

Dunyo

BMT xavfsizlik kengashi 25-mart kuni G'azo sektorida Ramazon oyi davomida sulh tuzishni talab qiluvchi rezolyutsiya qabul qildi. Qarorni 14 mamlakat qo'llab-quvvatladi, AQSh betaraf qoldi. Bu haqda BMT veb-saytida ma'lum qilindi.

BMT xavfsizlik kengashi Ramazon oyida G'azoda o't ochishni to'xtatishni talab qilmoqda
Qarorning matnida Ramazon oyida G'azo sektoridagi jangovar harakatlarni to'xtatish talablari mavjud bo'lib, bu barqaror sulhga olib kelishi mumkin. Shuningdek, u barcha garovga olinganlarni ozod qilish va gumanitar yordam hajmini oshirish zarurligini nazarda tutadi.

Eslatib o'tamiz, 22-mart kuni BMT xavfsizlik Kengashi AQSh hukumati tomonidan tayyorlangan sulh qarori loyihasi bo'yicha yig'ilish o'tkazdi. Rossiya va Xitoy hujjatga veto qo'yishdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing