Bobur Omonov: Ikki Karra Paralimpiya Chempioni!

Sport

O‘zbekistonlik sportchi Bobur Omonov yana bir bor Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozondi. Para yengil atletika bo‘yicha F41 klassida yadro uloqtirish musobaqasida u 14.32 metr natija ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Bobur Omonov: Ikki Karra Paralimpiya Chempioni!
Shu bilan birga, Omonov o‘zining 2021-yilda Tokioda o‘rnatgan Paralimpiya o‘yinlari rekordini ham yangiladi.

Bu yutuq Bobur Omonovning ikkinchi marta Paralimpiya chempioni bo‘lishi bo‘lib, uning sportdagi yuksak mahoratini yana bir bor tasdiqladi. Avvalroq, u Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida ham chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Ushbu g‘alaba nafaqat Bobur Omonovning shaxsiy muvaffaqiyati, balki butun O‘zbekiston sporti uchun katta g‘urur manbaidir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing