Bokuda O‘zbekistonning tikuvchilik an’analari namoyish etildi

Dunyo

17-mart kuni Ozarbayjon poytaxtidagi Haydar Aliyev nomidagi markazida “Choklardagi meros: O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi ochildi. Unda 140 dan ortiq bezakli amaliy san’at namunalari taqdim etilgan.

Bokuda O‘zbekistonning tikuvchilik an’analari namoyish etildi
Ko‘rgazmaning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Ozarbayjon Respublikasi Birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva ishtirok etdi.

So‘zanalar kashtachi ustalar tomonidan oylar davomida tikiladi. Ulardagi har bir gul va naqshlar chuqur ma’noga ega.

“An’anaviy zar choponlarimiz, rang-barang so‘zanalar va qimmatbaho toshlar bilan bezalgan kumush taqinchoqlar ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarda unutilmas taassurot qoldiradi, degan umiddaman.

Muzey mutaxassislari va ushbu ko‘rgazmani tashkil etishda qatnashgan barchaga chin yurakdan minnatdorlik izhor etaman”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing