Braziliyaning sobiq prezidenti qamoqqa yuborildi
Dunyo
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro 2022 yilgi saylovdagi mag‘lubiyatdan so‘ng davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha 27 yillik qamoq jazosini o‘tashni boshladi. Oliy sud uning hukmini yakuniy deb topdi va apellyatsiyasini rad etdi.
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib, 27 yilga ozodlikdan mahrum etilgan jazoni o‘tashga kirishdi. Reuters xabariga ko‘ra, 25 noyabr kuni Oliy sud hukmni ijro etishni boshlashni buyurdi va avvalgi apellyatsiyani rad etgan holda qarorni yakuniy deb e’lon qildi.
Bolsonaro Braziliya poytaxtidagi Federal politsiya shtab-kvartirasida joylashgan alohida kamerada saqlanadi. O‘tgan hafta u elektron bilaguzukni payalnik yordamida yechishga uringanidan keyin u yerga olib kelingan.
O Globo ma’lumotiga ko‘ra, 12 kvadrat metrli kamera alohida hammom, yotoq, yozuv stoli, stul, shkaf, televizor, konditsioner va mini-muzlatkich bilan jihozlangan. Bunday sharoitlar maxsus imtiyozlarga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar uchun qonunda belgilangan.
Sobiq prezident sentyabr oyida davlat to‘ntarishi uyushtirishda aybdor deb topilgan. Prokuraturaga ko‘ra, rejaning maqsadi saylovlardan keyingi hokimiyat almashinuvidan voz kechish bo‘lgan, biroq u harbiylarning yetarli qo‘llab-quvvatlashi yo‘qligi sababli muvaffaqiyatsiz tugagan. Bolsonaro ayblovni rad etadi.
Jair Bolsonaro 2019–2022 yillarda Braziliya prezidentligi lavozimini egallagan. U saylovlardagi mag‘lubiyatni tan olmagan va 2023 yil yanvarida uning tarafdorlari Braziliya poytaxtida norozilik namoyishlari va hukumat binolariga bostirib kirish urinishlari bilan chiqishgan.

Powered by Froala Editor