Brend mahsulotlari O’zbekiston ishlab chiqaruvchilarini yanada rivojlantiradi
O'zbekiston
Xalqaro brendlar doʻkonlar ochish va mahalliy korxonalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali Oʻzbekiston bozoridagi ishtirokini faol oshirmoqda, bu esa mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jahonning Mango, Massimo Dutti, Pull&Bear, Bershka, Oysho, Stradivarius, Oxxo, Ecco, Next, Gerry Weber, Swarovski, Adidas, Chanel, Zara singari 20 ga yaqin nufuzli brendi Tashkent City Mall savdo markazida faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Bundan tashqari, kiyim-kechak sohasiga oid 30 dan ziyod LC Waikiki, Cotton, Defacto, Colin’s, Terranova, Baldessarini, The North Face, Engelbert Strauss GmbH & Co. KG, Pierre Cardin kabi xalqaro brendlar, jumladan, Germaniya, Italiya, Turkiya, AQSH, Fransiya, Xitoy brendlari bilan hamkorlikda Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Samarqand viloyatlarida kooperatsiya loyihalari ishga tushirildi.
“Brend mahsulotlarning mamlakatimizga kirib kelishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yanada rivojlanishga, eng sifatli mahsulot ishlab chiqarishga undaydi, chunki ichki bozorda raqobat kuchayadi”, — deydi Zamin Turon Tekstil korxonasi rahbari Zayniddin Ro‘ziyev.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etish hamda biznes missiyalar tashkil etish orqali brendlar bilan aloqa o‘rnatildi. Masalan, 2023-yilda 16 ta yirik xalqaro ko‘rgazmalarda 400 dan ziyod korxonalar ishtiroki ta’minlandi hamda 5 ta davlatda biznes-missiyalar tashkil etilib, nufuzli brendlar bilan aloqalar o‘rnatildi. Xalqaro brendlar va riteylerlar global yetkazib berish zanjirlariga bosqichma-bosqich O‘zbekiston mahsulotlarini kiritish tizimi joriy etildi. Jumladan, bu ishlarning birinchi bosqichida brendlar buyumlarini “Tashkent City Mall”savdo majmuasida pasaytirilgan bojxona stavkalarida import qilish imkoni yaratildi.
Yevropa, Turkiya va AQSHning 27 ta brendlari buyurtmalari asosida Andijon, Namangan, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi korxonalarda 900 million dollarlik eksport amalga oshirildi.
Bir so‘z bilan aytganda, soha rivoji uchun olib borilayotgan islohotlar samarasida 2026-yil yakuniga qadar sohaning yillik eksport ko‘rsatkichlari 7,0 milliard dollarni tashkil qilishi ko‘zda tutilmoqda.

Powered by Froala Editor