Britaniya ehtimoliy harbiy mojarolar uchun "fuqarolik armiyasini" tayyorlaydi

Dunyo

Britaniya Bosh shtabi rahbari Patrik Sanders mamlakat harbiy mojaroga aralashish ehtimoli bo‘lgan taqdirda “fuqarolik armiyasi”ni shakllantirish zarurligini ma’lum qildi, deb yozmoqda “The Times”.

Britaniya ehtimoliy harbiy mojarolar uchun "fuqarolik armiyasini" tayyorlaydi
Generalning bayonotiga ko‘ra, uch yil ichida armiya sonini 120 ming kishiga yetkazish zarur. Bu oddiy qo'shinlar, zahiradagilar va iste'fodagi harbiy xizmatchilarni o'z ichiga olgan "strategik zaxira" uchun amal qiladi. Ayni paytda armiya soni taxminan 73 ming kishini tashkil etadi, ammo Bosh shtab rahbari bu raqam ehtimoliy harbiy mojarolarda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun yetarli emas deb hisoblaydi va shuning uchun u "kerak bo'lganda aholining jangovar tayyorgarligini" ta'minlash zarurligini ta'kidlamoqda.

Safarbarlikka tayyorgarlik ko'rayotgan fuqarolarning aniq soni aniqlanmagan, biroq avvalroq Buyuk Britaniya Qurolli kuchlari vaziri Jeyms Xippi 500 ming kishi, jumladan, harbiy xizmatchilar va tinch aholi vakillari haqida gapirgan edi.

Sanders aynan qaysi davlat bilan mojaro yuzaga kelishi mumkinligini aniqlashtirmadi. Shu bilan birga, nashrning ta'kidlashicha, Britaniya harbiylari keng ko'lamli urush, shu jumladan Rossiya bilan to'qnashuv ehtimolini ko'rib chiqmoqdalar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing